← Pul modeliga qaytish
1-bosqich · Attraction offer · Get Cash

Kirish taklifi — naqd olish

Notanish odamni birinchi marta mijozga aylantiradigan taklif. Maqsad — mijozni jalb qilish xarajatini (reklama, vaqt, uchrashuv) birinchi to'lovning o'zi bilan qoplash. Bizda bu eshik — AI biznes diagnostikasi.

$500AI diagnostika, 7 kun
$1 000–2 000to'liq diagnostika, 7–14 kun
30 kunmijoz o'zini qoplash muddati
6 taoylik kirish maqsadi

Oddiy tildaKirish taklifi nima va nega birinchi?

Hormozi: biznes avval notanishlarni ishonchli tarzda mijozga aylantirishni o'rganishi kerak. Qolgan hamma narsa (upsell, obuna) shu eshikdan kirgan odamga sotiladi. Eshik yo'q bo'lsa — sotadigan odam ham yo'q.

Muammo

Yirik loyihani ($12 000) notanish odam birinchi uchrashuvdayoq sotib olmaydi. Ishonch yo'q, xavf katta.

Yechim

Kichik, arzon, tez natija beradigan birinchi qadam. Mijoz bizni ishda ko'radi, xavf deyarli yo'q.

Natija

Diagnostika muammoni ochib beradi — keyingi taklif (upsell) uchun mijozning o'zi tayyor bo'ladi.

Birinchi mahsulot odatda pul topiladigan joy emas. U — keyingi taklif uchun eshik. Hormozi g'oyasi, $100M Money Models, 21–29 va 75-betlar (erkin tarjima)

Kitobdagi 5 usulKirish taklifining turlari

Hormozi 5 xil kirish mexanikasini beradi. Hammasini birdan emas — bittasini tanlab, mukammal qilamiz. Bizga eng mos keladigani belgilangan.

★ Bizga eng mos · Decoy

Aldamchi (decoy) taklif

Arzon, soddalashtirilgan variant reklama qilinadi, uchrashuvda uning yonida boy premium variant ko'rsatiladi. Taqqoslash premiumni aniq tanlovga aylantiradi. Arzon variantni olgan ham mijoz — keyin ko'tariladi.

Bizda: AI diagnostika $500 (rahbar intervyusi + 90 kunlik yo'l xaritasi) yonida to'liq diagnostika $1 000–2 000 (Gemba kuzatuvi, raqamlar tahlili, jarayon xaritasi).

Kitob 51–57-betlar · Hormozi gymlarida ~10 dan 8 kishi premiumni tanlagan
★ Bizga mos · Pulni qaytarib yutish

Win Your Money Back (kredit shaklida)

Mijoz oldindan to'laydi, belgilangan harakatlarni bajarsa — to'lagan puli keyingi xizmatga kredit bo'ladi. Natija emas, harakat sharti: intervyuga keldi, ma'lumotlarni berdi, hisobot uchrashuviga qatnashdi.

Bizda: diagnostika $500 asosiy loyihaga hisoblanadi (Rollover). Natijaga soxta kafolat bermaymiz — faqat harakatga bog'liq kredit.

⚠ Otabek Azimov tasdig'i kerak Kitob 33–41-betlar
Sovg'a o'yini · Giveaway

Katta sovg'a — ko'p g'olib

Bitta kishi bosh sovg'ani yutadi (masalan, bepul to'liq diagnostika). Qolgan barcha ishtirokchilar "rag'batlantiruvchi sovg'a" oladi — asosiy xizmatga chegirma va 7 kun ichida qo'ng'iroq.

Qachon: tez ko'p sifatli lid kerak bo'lganda, masalan biznes klub yoki seminar oldidan. Yuridik tekshiruv shart.

Kitob 42–50-betlar
X olsang Y bepul

Buy X Get Y Free

"33% chegirma" o'rniga "bepul" so'zi ishlatiladi. Xizmatda vaqt sotiladi: 6 oy olsang — 6 oy bepul.

Bizda: AI agent obunasiga mos (4-bosqichda batafsil). Diagnostikaga kam mos.

Kitob 58–65-betlar
Hozir kam yoki keyin ko'p

Pay Less Now or Pay More Later

Ikki yo'l: hozir to'lasang chegirma + bonus; keyin to'lasang to'liq narx, lekin shartli kafolat bilan. Tez ko'rinadigan natijali xizmatlar uchun.

Bizda: seminar/workshop formatida sinab ko'rish mumkin. Asosiy eshik uchun emas.

Kitob 66–70-betlar
Qoida

Bepul yoki chegirmali?

Bepul taklif ko'proq lid olib keladi. Chegirmali (pullik) taklif kamroq, lekin uchrashuvga kelish darajasi yuqori. Bizda uchrashuv qimmat (rahbar vaqti, safar) — shuning uchun pullik $500 to'g'ri tanlov.

Kitob 55-bet

Bizning kirish eshigiAI biznes diagnostikasi — $500, 7 kun

Mavjud mahsulot. Yangi narsa ochmaymiz — faqat uni "eshik" sifatida to'g'ri qadoqlaymiz.

Mijoz nima oladi

  • 60–90 daqiqalik rahbar intervyusi
  • 90 kunlik yo'l xaritasi
  • 3 ta ustuvor o'sish imkoniyati
  • 10 ta AI qo'llash nuqtasi
  • Yakuniy uchrashuv — natijani tushuntirish (bu yerda upsell bo'ladi)

Ikki variant (decoy tuzilmasi)

  • AI diagnostika — $500, 7 kun. Tez, arzon, kichik va o'rta biznes uchun.
  • To'liq diagnostika — $1 000–2 000, 7–14 kun. Gemba kuzatuvi, raqamlar, jarayon xaritasi, yo'qotishlar qiymati. Yirik korxona uchun.
  • Uzoq viloyat: oflayn konsultatsiya (1 kun) — vodiy $100–200, boshqa viloyatlar $200–500.

Kirishdan keyingi yo'l — 7 kunlik jarayon

  1. 0-kun. To'lov va anketa. Intervyu sanasi shu yerning o'zida belgilanadi (BAMFAM — har uchrashuv oxirida keyingisini belgila).
  2. 1–2-kun. Rahbar intervyusi 60–90 daqiqa. Muammo raqamlarda yoziladi: oyiga qancha yo'qotish.
  3. 3–6-kun. Tahlil, 3 imkoniyat, 10 AI nuqta, 90 kunlik xarita.
  4. 7-kun. Natija uchrashuvi. Mijoz muammosini endi aniq his qiladi — shu daqiqada 2-bosqich (Upsell) taklif qilinadi.
  5. 7–21-kun. Rollover oynasi: 14 kun ichida imzolasa $500 loyiha narxiga hisoblanadi (tasdiq kerak).

Gapirish tartibiKirish skripti

Reklamada xususiyat emas, orzu qilingan natija sotiladi. Tafsilotlar uchrashuvda.

Reklama / post"7 kunda korxonangiz qayerda pul yo'qotayotganini raqam bilan ko'rsatamiz. 90 kunlik yo'l xaritasi bilan."

Birinchi savol"Sizga tezkor yo'nalish kerakmi yoki korxonani to'liq ko'rib chiqishimiz kerakmi?"

Tezkor desa"Unda AI diagnostika — 7 kun, $500. Intervyu sanasini hozir belgilaymiz: seshanba yoki payshanba?"

To'liq desa"To'liq diagnostikada sexga chiqamiz, raqamlarni tekshiramiz, yo'qotishni pulda hisoblaymiz. Korxona ko'lamiga qarab $1 000–2 000."

Qimmat desa"Avval ajrataylik: xizmat narximi qimmat yoki hozirgi muammo bilan yashash? Oyiga qancha yo'qotayotganingizni hisoblasak, qaror aniq bo'ladi."

Yopish"To'lov qaysi usulda qulay — o'tkazmami yoki karta?" (sotib olasizmi emas, qanday to'laysiz — A/B savol)

HisobKirishning oylik ulushi

Taxminiy, konversiyalar faraz. Kirish o'zi katta pul emas — u keyingi bosqichlar uchun mijoz oqimi.

Oyiga AI diagnostika6 × $500
$3 000
Shulardan loyihaga o'tadi6 tadan 1 tasi (faraz)
1 mijoz
O'sha mijoz 30 kunda to'laydi$500 + loyihaning 50% oldindan
$5 500–6 500
Kirishning o'zi
$3 000 / oy

Reklama xarajati 30 kun ichida birinchi to'lovlar bilan qoplanishi kerak — Hormozi'ning asosiy o'lchovi.

Kirishlar soni o'sishi

Har oy 1 ta qo'shimcha diagnostika — oylik naqd shunday o'sadi (faqat kirish ulushi):

$2 000
$2 500
$3 000
$3 500
$4 000
4 ta5 ta6 ta7 ta8 ta

Hormozi ogohlantiradiKirishdagi xatolar

Keyingi taklifsiz kirish

Sotadigan keyingi narsa bo'lmasa, kirish faqat ish yuklaydi. Foyda — muvaffaqiyatli bo'lib keyingi xizmatni olganlardan.

Ozgina farq

Ikki variant orasida farq kichik bo'lsa decoy ishlamaydi. Pul tez kelmasa — farqni kattalashtir.

Xususiyat reklamasi

"Intervyu + xarita" emas — "qayerda pul yo'qotayotganingizni 7 kunda ko'rsatamiz".

Soxta kafolat

Natijaga 100% kafolat bermaymiz (biznesim qoidasi). Kredit faqat harakat shartiga bog'lanadi.

Har hafta o'lchanadigan raqamlar

Lidlar soniqayerdan kelgani bilan
Uchrashuvga kelish %yozilgan / kelgan
Diagnostika sotildimaqsad: oyiga 6
Bitta mijoz narxireklama ÷ mijoz